Pensilvaniya universiteti qoshidagi Perelman tibbiyot maktabi olimlari umurtqalararo disk churrasini davolaydigan plastirni taqdim etdi.
Hozirgi vaqtda umurtqalararo disk churrasini davolashning to‘liq usuli yo‘q, shifokorlar bemorlarga faqat vaqtincha yordam berishni taklif qilishlari mumkin. TARPS deb nomlangan yangi ishlanma umurtqalar orasidagi diskdagi yoriq yoki teshikni to‘ldirishi va ularning to‘g‘ri ishlashini tiklashi mumkin. Bundan tashqari, TARPS mikrokapsulalardan anakinra oqsiliga asoslangan yallig‘lanishga qarshi preparat ajralib chiqadi. Plastir zararlangan bo‘shliqlarni to‘ldirib, umurtqalararo disk degenerasiyasi bilan bog‘liq og‘riqning kuchayishining oldini oladi.
Hozircha texnologiya bir oy davomida hayvonlarda sinovdan o‘tkazildi. Kelajakda plastirni yirikroq hayvonlarda uzoqroq vaqt davomida sinovdan o‘tkazilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi lenta.ru.