Bugunning eng dolzarb mavzusi — umumjahon BSOD (blue screen of death) xatosi bo‘ldi. Uning sababi esa — CrowdStrike kompaniyasi tomonidan tarqatilgan antivirus yangilanishi bo‘ldi. Dastur dasturlarini yangilagandan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab Windows foydalanuvchilari “O‘limning ko‘k ekrani”ga duch kelishdi.
Dastur buzilishi aviakompaniyalar va aeroportlar, shifoxonalar, banklar, magazinlar, telekommunikasiyalarga ta’sir ko‘rsatdi.
Muammolar AQSH, Yevropa, Hindiston, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Yaponiyada kuzatildi. Buzilish hatto Gonkongdagi Disneylend, Parijdagi Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi va Yevropadagi eng yirik Rotterdam porti ishiga ham ta’sir qildi.