Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

A A A
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan birga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, jamg‘arma umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarida tashkil etiladi.

Jamg‘arma umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.

Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog

va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan byudjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-70 ball to‘plasa - 10 foiz;

71-75-ball to‘plasa- 15 foiz;

76-80 ball to‘plasa - 20 foiz;

81-85 ball to‘plasa - 25 foiz;

86-90 ball to‘plasa - 30 foiz;

91-95 ball to‘plasa - 35 foiz;

96-100 ball to‘plasa - 40 foiz.

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-75 ball to‘plasa - 10 foiz;

76-85-ball to‘plasa- 15 foiz;

86-100 ball to‘plasa - 20 foiz.

Umumta’lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-75 ball to‘plasa - 10 foiz;

76-85-ball to‘plasa- 15 foiz;

86-100 ball to‘plasa - 20 foiz.

Umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Shu bilan birga, xalq ta’limi tizimida birinchi marta mazkur xujjat bilan o‘qituvchilar uchun har oylik 100 foizlik ustamalar joriy etilmoqda. Ushbu ustama haq olish huquqini ko‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A’lo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.

Umumta’lim muassasasi rahbariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirish yuqori turuvchi tashkilot tavsiya asosida berilishi mumkin.

Kiritildi: 10:33 07.10.2019. O'qildi: 3643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!