Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Umraga borishni istaganlar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi kerak

Umraga borishni istaganlar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi kerak

Koronavirusga chalinish holatlari ortgani sababli Saudiya Arabistoni hukumati umra safari bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlangan kishilar Ramazon oyidan e’tiboran yil davomida umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin.

Haj va umra vazirligi faqatgina emlangan kishilarning umra amallarini bajarishiga va Masjidul Haromda namoz o‘qishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bunday kishilar sirasiga vaksinaning ikki dozasini ham olganlar, ziyoratdan kamida 14 kun oldin bir doza bilan emlanganlar yoki koronavirusdan tuzalganlar kiradi.

1 aprel kuni Haj va umra vazirligi Ramazonda umra amallarini ado etishni istaganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik talab etilmasligini bildirgan edi.

Kiritildi: 08:55 06.04.2021. O'qildi: 2418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!