O‘monda kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqinlari natijasida bir sutka ichida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi bedarak yo‘qoldi.
O‘mon polisiyasining xabar berishicha, Vadi-el-Maavil provinsiyasida ikki kishi avtomobili darada tiqilib qolganidan so‘ng suv oqimi bilan birga oqib ketgan. Keyinchalik ularning jasadi topilgan.
Bundan tashqari, Barka provinsiyasida suv oqimi ichida o‘n kishi bo‘lgan avtomobilni oqizib ketgan.
«Ulardan yetti nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lindi, ikki kishi o‘lik holda topildi, yana bir kishini qidirish ishlari davom etmoqda», — deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.