AQSh va Isroil Eron tomonida husiylarni mojaroga tortishi mumkin bo‘lgan har qanday provokasiyalardan qochishga harakat qilmoqda, deya xabar berdi The Wall Street Journal nashri.
"Qo‘shma Shtatlar va Isroilning xavotiri shundaki, Yaman husiylari Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi o‘rtasidagi neft yetkazib berishning asosiy yo‘li bo‘lgan Bob-al-Mandeb bo‘g‘ozini yopib qo‘yishi mumkin", deyiladi xabarda.