AQSh Vakillar palatasi spikeri, Luiziana shtatidan respublikachi Mayk Jonson Eronga qarshi operasiyada AQShning vazifasi deyarli bajarilganini aytdi.
Jonson bu haqda Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytgan.
"Mening fikrimcha, asl maqsad asosan amalga oshirildi. Bizning maqsadimiz ballistik raketalar va ularning ishlab chiqarish ob’ektlarini yo‘q qilish, shuningdek, Eron dengiz kuchlarini zararsizlantirish edi. Bu maqsadlarga erishildi", dedi spiker.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mojaroning cho‘zilishi Tehronning Hormuz bo‘g‘ozida dengiz navigasiyasini tahdid qilishda davom etayotgani bilan bog‘liq.
"Vaziyatni ma’lum darajada barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lishimiz bilan, maqsadga asosan erishiladi deb o‘ylayman", deb ta’kidladi Jonson.