Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ukraina delegasiyasi rahbari, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Mayamida amerikalik va yevropalik hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlangani haqida ma’lum qildi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Oq uydagi manbasiga tayanib, Mayamidagi muzokaralarda AQSh tomonidan Stiv Uitkoff va Jared Kushner, Yevropa davlatlari tomonidan esa Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya yetakchilarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishini xabar qilgan edi.
"Qo‘shma Shtatlarda amerikalik va yevropalik hamkorlar bilan uchrashuvni yakunladik. Amerikalik hamkorlarimiz bilan kelgusi qadamlar va yaqin orada birgalikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldik", — deb yozdi Umerov Telegram kanalida.