Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Umar Kremlyov: “Toshkentdagi jahon chempionati Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun lisenzion xarakterga ega emas!”

Umar Kremlyov: “Toshkentdagi jahon chempionati Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun lisenzion xarakterga ega emas!”

Avval xabarberganimizdek, boks bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladi.  Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bergan edi.

Unga ko‘ra, musobaqaga “Humo arena” mezbonlik qiladi. “Universal” sport saroyi esa ishtirokchilar uchun mashg‘ulot maydoni vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ko‘p sonli mehmonlar uchun yurtimizning qadimiy maskanlari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.

Bu bo‘yicha o‘tkazilgan matbuotda ishtirok etgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti AIBA prezidenti Umar Kremlyovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi jahon chempionati Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun lisenzion xarakterga ega emas.

"Bu borada alohida lisenzion musobaqa tashkil qilinadi. Jahon chempionatida ishtirok etishning ham o‘ziga yarasha talablari bo‘ladi. Har bir qit’ada oltin, kumush va bronza toifalaridagi musobaqalar tashkil qilinib, ularda g‘alaba qozongan bokschilargina jahon chempionatida ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi.

2022 yildan Jahon kubogini tiklaymiz. Rossiyada o‘tadigan musobaqa terma jamoalar miqyosida tashkil qilinadi. Shuni aniq aytishim mumkinki, bu yil Serbiyada o‘tadigan jahon chempionati Sizlar uchun qiyin bo‘ladi. Boisi butun dunyo o‘zbek bokschilarini mag‘lub etish bo‘yicha ishlamoqda", – degan kulib Umar Kremlyov.

Kiritildi: 06:30 05.04.2021. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!