Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Umar Kremlyov: "IBA'ning strategik maqsadi Rossiyani dunyo boks maydoniga aylantirish"

Umar Kremlyov: "IBA'ning strategik maqsadi Rossiyani dunyo boks maydoniga aylantirish"

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov tashkilotning 2025 yildagi asosiy maqsadlari va bo‘lajak musobaqalar haqida gapirdi.

"IBA turnirlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Joriy yilda biz Serbiyada ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazdik, iyul oyi boshida esa erkaklar o‘rtasidagi bo‘lajak jahon chempionati mezbonini e’lon qilamiz. Bizning strategik maqsadimiz Rossiyani dunyoning asosiy boks maydoniga aylantirishdir.

Bu yerda barcha asosiy tadbirlar — boks bo‘yicha jahon chempionatlari va reyting shoulari o‘tkazilishi kerak. Rossiyada bir nechta muhim turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borilmoqda", dedi Umar Kremlyov "Chempionat" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) 1920 yilning avgustida tashkil etilgan. Kremlyov 2020 yil dekabrida tashkilot prezidenti etib saylangan.

Kiritildi: 23:42 25.06.2025. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!