Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ulug‘norda MCHJ rahbari, Nurotada tumangaz sobiq rahbari ushlandi

Ulug‘norda MCHJ rahbari, Nurotada tumangaz sobiq rahbari ushlandi

Er maydonlari olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «S.YO.» MCHJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, MCHJga Ulug‘nor tumani «Kichik sanoat zonasi» hududidan ajratilgan 40 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 100 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Nurota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Nurotatumangaz» bo‘limi sobiq rahbari SH.I. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, unga gaz ta’minoti bo‘limi hududidagi 3 sotix yer maydonini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 79 mln so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!