Bugun AOKA zalida Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:
➖ O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.
O‘limni qayd ettirish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek, tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o‘lim to‘g‘risida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Agar voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDYo organida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan bo‘lsa, vafot etgan shaxsga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lumotnoma beriladi, shundan so‘ng vafot etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.