Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Kojara qasddan odam o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olindi

Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Kojara qasddan odam o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olindi

Ukraina sobiq tashqi ishlar vaziri Leonid Kojara ishbilarmon Sergey Stariskiyning o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkin. Sodir bo‘lgan voqealar tafsilotini OBOZREVATEL nashri o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bir qator alomatlar Kojaraning qotillikka aloqadorligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Stariskiyning yuzida o‘zini joniga qasd qilish, ya’ni yuziga o‘zi o‘q uzganlikka xos bo‘lgan izlar yo‘q. Bundan tashqari, qurol marhumning qo‘lida mahkam ushlab turilgan, garchi jasad yiqilib tushganida uning qo‘lidan to‘pponcha tushib ketishi kerak edi.

Bundan tashqari, Kojaraning qonida 0,8 promil miqdorida spirtli ichimlik qayd etilgan. Manbaning taxmini bo‘yicha, uy egasi qasddan yoki bila turib mehmonni otib o‘ldirishi mumkinligi va bu xatti-harakatdan qo‘rqib, shubhani yo‘qotish uchun marhumning qo‘liga to‘pponchani tutqazgan. Sobiq vazir mast holda o‘z uyining hovlisida bir necha bor o‘q uzganligi haqida dalillar bor.

22 fevral kuni Leonid Kojaraning uyida Sergey Stariskiyning o‘ldirilishi haqida xabar berilgan. Dastlab uning o‘limi o‘z joniga qasd qilish deb hisoblangan, ammo keyinchalik tergovda marhumning o‘z joniga qasd qilmaganligi haqida dalillar chiqdi.

Stariskiy Atlantic Group aloqa xolding kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan. Bungacha u Ukraina davlat teleradiokompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘limini boshqargan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:41 25.03.2020. O'qildi: 2247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!