Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainaning Rossiyaga uyushtirgan dron hujumi oqibatida kema va nasos stansiyasi yonib ketdi

Ukrainaning Rossiyaga uyushtirgan dron hujumi oqibatida kema va nasos stansiyasi yonib ketdi

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Primorsk neft portida dron hujumi oqibatida kema va nasos stansiyasi yonib ketdi.

Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

"Primorsk portidagi kemalardan birida yuz bergan yong‘in o‘chirilmoqda. Yong‘inni o‘chirish tizimi ishga tushirildi", - dedi rasmiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochiq olov o‘chirilgan, suv toshqini va neftning to‘kilishi xavfi yo‘q.

"Primorskdagi nasos stansiyasida ham yong‘in o‘chirildi. Qurbonlar yo‘q", deb qo‘shimcha qildi keyinroq Drozdenko. Uning ta’kidlashicha, Leningrad viloyatida 30 dan ortiq dron urib tushirilgan.

Primorsk porti Boltiq dengizidagi eng yirik Rossiya neft yuklash portlaridan biri bo‘lib, Boltiqbo‘yi quvurlari tizimining yakuniy manzilidir.

Kiritildi: 11:50 12.09.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!