Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainaning NATOga qabul qilinishi uchinchi jahon urushini anglatadi

A A A
Ukrainaning NATOga qabul qilinishi uchinchi jahon urushini anglatadi

Agar Ukraina hozirgi sharoitda NATOga qabul qilinsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Ukraina Rossiya bilan urush holatida bo‘lib turibdi. Va NATOning an’anaviy chizig‘i tufayli, agar Ukraina hozirgi sharoitda ittifoqqa qabul qilinsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Biz esa har doim Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka qarshi bo‘lganmiz”, — dedi u gaz forumi chog‘ida jurnalistlarga.

Rossiya Federasiyasi Ukrainada Rossiyaning maxsus operasiyasini boshlashiga Kiyevning alyans sari intilgani sabab bo‘lganini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:00 10.10.2024. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!