Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainaning ikki viloyati Rossiya hujumidan keyin elektr ta’minotisiz qoldi

Ukrainaning ikki viloyati Rossiya hujumidan keyin elektr ta’minotisiz qoldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlari chorshanba oqshomida Rossiya tomonidan energetika infratuzilmasiga bergan zarbasi natijasida deyarli to‘liq elektrsiz qoldi.

Bu haqda Ukraina energetika vazirligi ma’lum qildi.

"Muhim infratuzilma zaxira quvvat bilan ishlamoqda", — deyiladi bayonotda.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, zararni tekshirish va tiklash ishlari "xavfsizlik vaziyati ruxsat bergan zahoti" boshlanishi mumkin.

Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlarida havo hujumi haqida ogohlantirish o‘z kuchida qolmoqda.

Kiritildi: 10:00 08.01.2026. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!