Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainaning hujumidan so‘ng Rossiyaning “Transneft”kompaniyasi Novorossiysk portiga neft yetkazishni to‘xtatdi

Ukrainaning hujumidan so‘ng Rossiyaning “Transneft”kompaniyasi Novorossiysk portiga neft yetkazishni to‘xtatdi

Rossiyaning “Transneft” neft quvurlari kompaniyasi Novorossiysk portiga neft yetkazishni to‘xtatganini, vaziyat bilan tanish ikki manbaga tayanib, Reuters xabar qildi. Shu bilan birga, agentlikka ko‘ra, “Transneft” vakillari bunga izoh berishdan bosh tortgan.

Bu orada prezident Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari kechasi Rossiya hududidagi “muayyan nishonlar”ga zarba berish uchun uzoq masofali “Neptun” raketalaridan foydalanganini aytdi.

Avvalroq Novorossiysk shahri meri Ukraina hujumi oqibatida “Chernomortransneft” kompaniyasiga tegishli rezervuar va qayiqlar to‘xtash joyi, konteyner terminali, “Sheshxaris” yuk ortish kompleksidagi neft bazasi hamda bir nechta turar-joy binolariga zarar yetganini bildirgan edi.

Kiritildi: 16:37 14.11.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!