Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ilk muzokaralar yaqin haftalar va oylar ichida boshlanishi mumkin, deb yozadi Bloomberg nashri YEI vakiliga tayanib.
«Evropa Ittifoqi yetakchilari Ukraina a’zolik jarayonining birinchi bosqichini boshlashi uchun zarur bo‘lgan dastlabki shart-sharoitlar yaratilganini ochiq bildirishdi», — deyiladi nashr maqolasida.
Shu bilan birga, agentlikning ta’kidlashicha, Ukrainaning YEIga qo‘shilish muddatlari bo‘yicha har qanday majburiyatlar hozircha noaniqligicha qolmoqda.