Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaning 2025 yilga mo‘ljallangan harbiy xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni ma’qullab, mudofaa va xavfsizlik uchun 50 milliard dollardan (47 milliard yevro) ortiq mablag‘ ajratdi.
Bu barcha xarajatlarning taxminan 60%i ga teng.
Taqqoslash uchun, Rossiya kelasi yili mudofaa va xavfsizlik uchun 150 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.
Ukraina budjet hujjatida, shuningdek , qariyb uch yil avval, Rossiya bosqinidan buyon urush davridagi soliqlar birinchi marta oshirilgan.
Moliya vaziri Sergey Marchenkoning aytishicha, kelasi yil Ukraina mudofaa sektorini muammosiz moliyalashtirish uchun budjet juda muhim. Shuningdek, u askarlar va qurol ishlab chiqarish uchun to‘lovlarni ham qamrab oladi.
«Budjetning ustuvorligi davlatimiz mudofaasi bo‘lib qoladi», — dedi bosh vazir Denis Shmigal Telegram’dagi postida.
Ukraina harbiy xarajatlarini to‘ldirish uchun G‘arb hamkorlaridan katta miqdorda harbiy va gumanitar yordam oladi.