Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukrainani mag‘lub etish uchun Putinning qo‘shini yetarli emas

Ukrainani mag‘lub etish uchun Putinning qo‘shini yetarli emas

UQKning Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi operasiyasi uch oydan beri davom etmoqda va uning yaqin orada tugashini ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q. 6 avgust kuni operasiya boshlanganidan beri Rossiyaning bir qator qarshi hujumlariga qaramay, Ukraina Kursk viloyatidagi ming kvadrat kilometrga yaqin maydonni nazorat qilishda davom etmoqda. Rossiya hududidagi ushbu misli ko‘rilmagan operasiya Kreml harbiy mashinasining cheklanganligini aniqladi, deb yozadi Atlantic Council.

Ko‘pchilik Rossiya armiyasini deyarli cheksiz odamlar va texnika zaxiralariga ega yengib bo‘lmas kuch deb hisoblasa-da, hozir aniq bo‘lib bormoqda: aslida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainani bosib olishga urinishi uning armiyasi xavfli darajada yuklangan va Rossiyani himoya qilishga qodir emasligiga olib keldi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dastlab Rossiya hududida o‘tkaziladigan operasiya bilan Putinga bosim o‘tkazib, uni Ukrainadan qo‘shinlarni "ichki front"ga o‘tkazishga majbur qilishga umid qilgan edi. Hozircha bu sodir bo‘lmadi. Rossiya armiyasi Ukraina sharqida harakatlanishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, Putinning Ukrainaga bostirib kirish va Rossiyani himoya qilish o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri kelganligi o‘z-o‘zidan yaqqol ko‘rinib turibdi.

Rossiyaning "Kursk fronti"dagi qiyinchiliklari Moskva tobora ko‘proq inson resurslari yetishmovchiligini boshdan kechirayotganining yana bir dalili bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda Rossiya xizmatga qabul qilinganlarga to‘lanadigan mukofotni keskin oshirishga majbur bo‘lgan.

Putinning Kursk viloyatidagi vaziyatga xos bo‘lmagan vazmin munosabati u o‘z armiyasining kamchiliklarini yaxshi anglayotganidan dalolat beradi.

"Uchinchi jahon urushi" bilan tahdid qilmasdan va o‘z mamlakatini "xorijiy bosqinchi"ga qarshi birlashtirishga urinmasdan, Putin UQK operasiyasining ahamiyatini kamaytirishga harakat qildi va bu Ikkinchi jahon urushidan beri Rossiya hududining birinchi "xorijiy okkupasiyasi" ekani haqida juda kam gapirdi.

Kiritildi: 17:12 12.10.2024. O'qildi: 1711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!