Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri AQSh taklif qilgan tinchlik rejasini qattiq tanqid qildi. Jonson uni “Ukraina do‘stlari tomonidan qilingan kapitulyasiya” deb atadi va Myunxen bitimiga qiyosladi.
Uning aytishicha, bu hujjat Ukrainaga NATOga kirish imkonini cheklaydi, xavfsizlik masalalarini esa deyarli Moskva ixtiyoriga topshiradi.
Jonson bu reja Kiyevni zaiflashtirishi, Rossiyaga esa yana bosqin qilish uchun sharoit yaratishini ta’kidladi.