"Ukrainaliklarning prezident Volodimir Zelenskiyga bo‘lgan ishonch darajasi 74 foizni tashkil etmoqda. Mamlakat aholisining 22 foizi unga ishonmaydi, 3 foizi esa bunga aniq javob bermagan. Volodimir Zelenskiyga ishonch darajasi joriy yil mart oyining birinchi yarmidagi 69 foizdan 74 foizgacha o‘sgan", deyiladi Kiyev Xalqaro Sosiologiya Instituti (KIIS) tomonidan 2025 yilning 2—12 may kunlari Ukraina aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslangan hisobotda.
So‘rovnomada, shuningdek, jamoatchilik faoli Sergey Pirtula (ishonch darajasi 50 foiz), Kiyev meri Vitaliy Klichko (ishonch darajasi 43 foiz), mamlakatning sobiq prezident Petro Poroshenko (ishonch darajasi 25 foiz), “Batkivshina” partiyasining yetakchisi va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko (ishonch darajasi 7 foiz) va prezident devonining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovichning (ishonch darajasi 7 foiz) nomlari ham tilga olingan.