"Ukrainaga urushdan keyin qayta qurish uchun 750 milliard dollar kerak", deya ta’kidlamoqda Kiyev. Jahon banki va Yevropa komissiyasi Ukrainaning urushdan ko‘rgan yo‘qotishlarni kamroq — 350 milliardga baholadi. Shundan 100 milliardga yaqini vayron bo‘lgan uylar o‘rniga yangi uylar qurishga sarflanadi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, "Ukrainaga zudlik bilan 17 milliard dollar kerak, yillik byudjet taqchilligi 38 milliard dollarga yetishi mumkin". Bu G7 davlatlari 2022 yilda Ukrainaga ajratishga va’da bergan mablag‘dan (taxminan 33 milliard dollar) biroz ko‘proq.