Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaga ochilgan urush dahshatli xato bo‘lganini Putin ham bilmoqda — Duma sobiq deputati (VIDEO)

A A A
Ukrainaga ochilgan urush dahshatli xato bo‘lganini Putin ham bilmoqda — Duma sobiq deputati (VIDEO)

So‘z erkinligi bo‘g‘ilgan, asosan Putinni maqtaydigan OAV qolgan Rossiyaning NTV kanalida kutilmagan hol ro‘y berdi. Bu haqda Rasul Kusherbayev o‘z telegram kanalida yozmoqda.

Rossiya Dumasining sobiq deputati Boris Nadejdin efirda Ukrainaga urush boshlash daxshatli xato bo‘lganini Putinning o‘ziga ham ma’lumligini aytdi.

"Buni (urushni) boshlash qanchalik dahshatli xato bo‘lgani endi Putinning o‘ziga ham ko‘rinmoqda. Boshidan bu kolonial urushga aylanib ketishi aniq edi", degan u.

Nadejdinning bu so‘zlari bir yoqlama fikrlashga o‘rgatilgan ko‘rsatuv boshlovchisi va qolgan ishtirokilarda isterika keltirib chiqardi. Ular tinimsiz Nadejdinning so‘zini bo‘lib, gaplarini baqirib inkor qilishdi.

Kiritildi: 11:13 23.01.2023. O'qildi: 3471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!