Niderlandiyada urush davrida Rossiyaning Ukrainaga yetkazgan zarari to‘g‘risidagi da’volarni tekshirish bo‘yicha xalqaro komissiya tuzish to‘g‘risidagi konvensiya imzolandi.
"RBK-Ukraina"ning xabar berishicha, 35 davlat vakillari tomonidan imzolangan hujjat Yevropa Kengashi tarkibida komissiya tuzishni nazarda tutadi. Hujjatlarni imzolash marosimida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etdi.
Evropa Kengashi Bosh kotibi Alen Bersening so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kompensasiya mexanizmini ishlab chiqish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqich 2023 yilda Ukraina uchun yo‘qotishlar reestrini yaratish bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda Rossiya tomonidan Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqadigan xalqaro da’vo komissiyasi ishi bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, yo‘qotishlar reestri va komissiya zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tekshirish va tahlil qilish, shuningdek, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini olgan javobgar shaxslar va davlatlarni aniqlashga tizimli yondashishni ta’minlaydi.
Global mexanizmning uchinchi bosqichi Ukraina jabrlanganlarga to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan kompensasiya fondini yaratish bo‘ladi. Ayni paytda uni moliyalashtirish masalasi muhokama qilinmoqda, asosiy mablag‘ manbai muzlatilgan Rossiya aktivlari va ulardan keladigan daromadlar bo‘lishi kutilmoqda.