Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainadagi 10 yillik urush va «Koreya ssenariysi bo‘yicha» final

A A A
Ukrainadagi 10 yillik urush va «Koreya ssenariysi bo‘yicha» final

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning fikricha, Ukrainadagi urush yana 10 yil davom etadi va Koreya ssenariysi - mavjud front chizig‘i bo‘ylab tinch yo‘l orqali hal etish bilan yakunlanadi. Bu haqda u TV Informer nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Oxir oqibat tinchlik bo‘ladi, buni yozib qo‘ying, men buni Koreya ssenariysida erishilgan chiziqlarga asoslanib, birinchi marta ochiq aytyapman», dedi Vuchich.

Ungacha, Serbiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ham, Rossiya ham «har bir qishloq, har bir shahar uchun kurashadi».

Iyun oyida Serbiya prezidenti Ukrainadagi urush tufayli dunyo «haqiqiy falokat»ga yaqinlashayotganini va u 3-4 oy ichida boshlanishi mumkinligini aytdi. U Uchinchi jahon urushi haqida emas, balki «jiddiy qarama-qarshilik» haqida gapirayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:42 27.09.2024. O'qildi: 3031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!