2022-yil boshidan 2025-yil apreligacha 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 6374 nafar rossiyalik Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan, biroq ulardan atigi 349 nafari qochqin maqomini olgan, o‘z vatanida yaqinlashib kelayotgan xavf tufayli qo‘shimcha himoya huquqini olgan yoki deportasiya taqiqlangan. Bu Germaniya Ichki ishlar vazirligining chap partiyadan Bundestag deputati Klara Byungerning so‘roviga javobidan kelib chiqadi.
Byungerning surishtiruvidan maqsad Berlin Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushida qatnashishni istamagan ruslarga qay darajada boshpana berishini aniqlash edi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, sobiq kansler Olaf Sholsning 2022-yilda urushda qatnashmaslikka intilayotgan rossiyaliklarni himoya qilish haqidagi va’dasi fonida Germaniyada boshpana so‘rab ma’qullangan 349 ta arizalar soni “uyatli darajada past”. Bu "amalga oshirishga yaqin ham emas edi", deb ta’kidlaydi Byunger.
Boshpana so‘rovlarining aksariyati rad etildi yoki ular bo‘yicha qaror qabul qilish zarurati yo‘qoldi – masalan, arizani ko‘rib chiqish uchun Yevropa Ittifoqining boshqa davlati javobgar bo‘lishi kerakligi ma’lum bo‘ldi, deya ta’kidladi Germaniya Ichki ishlar vazirligi.