Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainada o‘n minglab rus askarlari bedarak yo‘qoldi

Ukrainada o‘n minglab rus askarlari bedarak yo‘qoldi

Ukrainadagi urushda 84 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolgan - 2024 yil boshidan beri Ukrainaning "Topishni xohlayman" loyihasi ularning yaqinlaridan shuncha qidiruv so‘rovini olgan.

"Verstka" nashrining tanishib chiqqan ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning aprel oyiga qadar bedarak yo‘qolgan 58 ming nafar harbiy xizmatchining ma’lumotlarini qayta ishlash imkoni bo‘lgan. To‘plangan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ofiserlar urushda eng kam yo‘qoladi - ular barcha murojaatlarning atigi 1,5 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, ofiser bo‘lmagan harbiy xizmatchilar 61 foizni tashkil qiladi. Qolgan hollarda bedarak yo‘qolganlarning unvonlari murojaatlarda ko‘rsatilmagan.

G‘oyib bo‘lgan rossiyalik harbiylarning eng kichigi yo‘qolish paytida 18 yoshda, eng kattasi esa 67 yoshda bo‘lgan. Shu bilan birga, 20 yoshgacha va 60 yoshdan oshgan yosh toifalari "Topishni xohlayman" bazasida eng kam sonli toifalardir. Ularga barcha murojaatlarning 2 foizdan sal ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. G‘oyib bo‘lish vaqtida eng ko‘p harbiylar 30 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan (10 682 kishi).

Kiritildi: 20:53 24.04.2025. O'qildi: 1153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!