Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp dunyo xaritasini yana o‘zgartirdi — hozircha virtual tarzda

Tramp dunyo xaritasini yana o‘zgartirdi — hozircha virtual tarzda

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirni e’lon qildi. Unda AQSh bayrog‘i Shimoliy Amerikaning deyarli butun hududi, Markaziy Amerikaning bir qismi va Karib havzini qoplagan.

«Kengaytirilgan AQSh» tarkibiga Kanada, Meksika, Grenlandiya, Islandiya, Kuba, Yamayka, Gaiti, Gvatemala, Gonduras va boshqa hududlar kiritilgan.

Hech qanday izohsiz qoldirilgan ushbu post diplomatik reaksiyaga sabab bo‘ldi. Islandiya AQSh elchisini chaqirib, tasvirni maqbul emas deb atadi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum mamlakat «mustamlaka yoki protektorat emas va hech qachon bunday bo‘lmaydi», deb bildirdi.

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel esa mamlakat mustaqilligi va suverenitetini himoya qilishini ma’lum qildi.

Bu Tramp AQSh chegaralari kengaytirilgan xaritalarni birinchi marta e’lon qilishi emas. Avvalroq u Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shib olish haqida gapirgan va Kanadani AQShning 51-shtati bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 21:10 12.09.2026. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!