Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainada temiryo‘l orqali o‘q-dorilar tashilayotgan paytda portlash sodir bo‘ldi

A A A
Ukrainada temiryo‘l orqali o‘q-dorilar tashilayotgan paytda portlash sodir bo‘ldi

Bu haqda “Suspilne” xabar bermoqda.

14 sentyabrga o‘tar kechasi Kiyev viloyati Fastov tumani Kalinovka qishlog‘i hududida temiryo‘l orqali tashilayotgan o‘q-dorilarda detonasiya yuz berdi, deb xabar bermoqda nashr.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Kiyev viloyatida harbiy yuk olib ketayotgan poyezdda o‘q-dorilar portlaganini tasdiqladi.

"Detonasiya oqibatida kontakt tarmog‘iga zarar yetgan, bu esa Xarkovdan Polshaning Peremishl shahriga ketayotgan 73-sonli poyezdning favqulodda to‘xtashiga olib kelgan. Poyezd yo‘lovchilari yaqin atrofdagi o‘rmonga evakuasiya qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar qayd etilmagan", deyiladi “Suspilne” xabarida.

Kiritildi: 21:55 14.09.2025. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!