Ukraina poytaxti Kiyev va mamlakatning bir qator shaharlarida "Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosi" (NABU) hamda "Maxsuslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura" (SAP) vakolatlarini cheklovchi qonunga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Ukraina Oliy Radasi tomonidan qabul qilingan mazkur qonun parlament spikeri Ruslan Stefanchuk tomonidan imzolangan.
Shundan so‘ng Ukraina fuqarolarining bir qismi Kiyev va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqib, qonunni bekor qilish talabini ilgari surgan. Namoyishchilar qonun korrupsiyaga qarshi kurashda orqaga qadam bo‘lishini va demokratiya tamoyillariga zid ekanini ta’kidlamoqda.