Ukrainada 8400 dan ortiq kishining halok bo‘lgani va 14000 dan ortiq tinch aholining jarohatlangani BMT tomonidan tasdiqlanib, bu boshlanishi ekanligini ma’lum qildi.
"Bu urush har qanday tushuntirishga qarshi. Bu jinnilik tugashi va tinchlik o‘rnatilishi kerak", — deya ta’kidladi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk. Uning ogohlantirishicha, Rossiyaning Ukrainadagi urushi inson huquqlarining jiddiy buzilishini hayratlanarli darajada oddiy holga keltirdi va insoniyatni ekzistensial tahdidlarga qarshi kurashdan chalg‘itmoqda.