2025 yilda 2024 yilga nisbatan Ukraina hukumati yagona telemarafonni moliyalashtirishni 3,5 million dollarga oshirib, 738 million grivna (17,7 million dollar) ajratdi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Ukrainaning "Strana" nashri 2024 yilda telemarafonga 593,6 million grivna (14,2 million dollar) sarflangani haqida xabar berdi.
Ilgari Ukrainada umummilliy telemarafonni translyasiya qiluvchi telekanallar soni 11 tadan 6 taga qisqartirilgan edi. Avvaliga mamlakat rasmiylari uni asosiy va rasmiy axborot manbai sifatida ko‘rsatgan.