Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainada 18 yoshdan boshlab ko‘ngillilarga shartnoma imzolashga ruxsat berildi

Ukrainada 18 yoshdan boshlab ko‘ngillilarga shartnoma imzolashga ruxsat berildi

Ukraina vazirlar mahkamasi mamlakat mudofaa kuchlarida xizmat qilish istagida bo‘lgan 18-24 yoshli ko‘ngillilar uchun bir yillik shartnomani tasdiqladi. Bu haqda mudofaa vaziri Rustem Umerov 11 fevral, seshanba kuni kechqurun Facebookʼda ma’lum qildi. "Biz armiyani kadrlar bilan ta’minlashning zamon talablariga javob beradigan yangi tizimini yaratmoqdamiz", dedi u.

Ta’kidlanishicha, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar uchun bir yil muddatga tuzilgan shartnomada harbiy qismda boshlang‘ich umumiy harbiy tayyorgarlik, kasbiy tayyorgarlik va moslashish kursidan o‘tish ko‘zda tutilgan.

Ko‘ngillilarga 1 million grivna (23 ming yevro) «bir martalik moddiy yordam» sifatida to‘lanadi, jumladan: shartnoma imzolangandan keyin 200 000 grivna, o‘quv mashg‘ulotlarini tugatgandan keyin 300 000 grivna va harbiy qismlar ro‘yxatidan chiqarilgan kunida 500 000 grivna. Shuningdek, 120 000 grivnagacha bo‘lgan «oylik naqd pullar», xizmatni tugatgandan so‘ng 0 foizda ipoteka olish imkoniyati va bir qator ijtimoiy kafolatlar taqdim etiladi.

Kiritildi: 10:55 12.02.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!