Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ukraina rasmiylariga ko‘ra, qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini Ukrainaga jo‘natishi, ulardan foydalanish bo‘yicha onlayn treninglar o‘tkazishi, so‘ngra ukrainalik harbiylar ularni sinovdan o‘tkazishi va jangovar texnika va qurollardan foydalanish bo‘yicha hisobot yuborishini kutishi mumkin.
Test in Ukraine deb nomlangan dastur Ukraina hukumati tomonidan qurol-yarog‘ sektoriga investisiyalar va xaridlar uchun yaratilgan Brave1 platformasi tomonidan boshqariladi.
"Bu bizga qanday texnologiyalar mavjudligi haqida tushuncha beradi, kompaniyalarga esa haqiqatan ham oldingi chiziqda nima ishlayotgani haqida tushuncha beradi", — dedi Brave1 investorlar bilan aloqalar bo‘limi rahbari Artem Moroz Reuters agentligiga.
Morozov dasturda ishtirok etishni rejalashtirgan kompaniyalar nomini aytmadi, dastur qanday ishlashi va agar mavjud bo‘lsa, qanday xarajatlar talab qilinishi haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi, deb yozadi Reuters.