Agentlik xabariga ko‘ra, Zaporijjya atom elektr stansiyasi yaqinidagi front uchastkasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Xalqaro atom energiyasi agentligi vositachiligida erishilgan. Sulh vaqtinchalik bo‘lib, bir necha kun davom etadi.
Xalqaro atom energiyasi agentligining ma’lum qilishicha, harbiy harakatlar fonida “yadroviy avariyaning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida” Zaporijjya AES yaqinida elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.