Ukraina va Rossiya prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik shu hafta Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘ladi — Zelenskiy
"Bizga urushni tugatish uchun muzokaralarda ko‘proq dinamika kerak. Bu murakkab yo‘nalish. Haqiqiy samarali muzokaralar faqat davlat yetakchilari darajasida bo‘lishi mumkinligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Hozir bizning vakillarimiz Rossiya bilan yana kamida bir mahbuslar almashinuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi (SNBO) kotibi Rustem Umerov Rossiya tomoniga vakillar ishtirokidagi yangi uchrashuvni Turkiyada o‘tkazishni taklif qildi. Chunki bu uchrashuvlar biz uchun aniq maqsadga ega — asirlarni qaytarish, shuningdek, Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan bolalarni qaytarish va yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilinadi", — deb yozdi Ukraina prezidenti o‘zining Telegram kanalida.