Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina va Rossiya navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazilganini e’lon qildi

Ukraina va Rossiya navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazilganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi yana bir guruh rossiyalik harbiy xizmatchilar yurtiga qaytarilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, buning evaziga Ukrainaga harbiy asirlaridan iborat guruh topshirildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 26 iyun kuni mamlakatga Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy Gvardiya va Davlat chegara xizmati harbiylari qaytarilganini bildirdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ularning aksariyati 2022 yildan beri asirlikda bo‘lgan.

Kiyev va Moskva almashinuvda tomonlar bir-biriga nechta asirni topshirganiga aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: 07:38 27.06.2025. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!