Ukraina dronlari 9 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Belgorod shahriga hujum qildi. Belgorod viloyati operativ shtabi xabariga ko‘ra, 29 ta ko‘p kvartirali uy, uchta ma’muriy bino, uchta ijtimoiy va oltita tijoriy ob’ekt shikastlangan.
Belgorod viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Shuvayev hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, yana 25 kishi, jumladan, to‘rt va to‘qqiz yoshlardagi bolalar jarohatlangani haqida xabar berdi.
Rossiya armiyasi 9 avgust kuni tongda Xarkov bo‘ylab zarba yo‘lladi. Mahalliy rasmiylar raketalardan biri Saltovka tumanidagi ko‘p qavatli turar joy binolaridan biriga urilib, pod’ezdlardan birining yettinchidan to‘qqizinchi qavatigacha vayron bo‘lganini ma’lum qilgan. Ushbu binoga qo‘shni joylashgan ko‘p qavatli uy ham zarba ostida qolgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xarkiv bo‘ylab zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va yana 37 kishi jarohatlangan.
Bundan tashqari, Rossiya Odessaga ham raketa va dronlar bilan hujum qildi. Shaharning ikki tumanida bir necha turar joylar shikastlandi va qisman vayron bo‘ldi. Jami 12 kishi jarohat oldi.