Ukraina va Bolgariya 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladilar.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bolgariya bosh vaziri Andrey Gyurov bilan uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida kamida 10 yilga mo‘ljallangan xavfsizlik shartnomasini imzoladik. Asosiy qoidalar qatorida Bolgariyaning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishi ham bor. Muhim element - bu mamlakatimizda turli xil qurollarni, jumladan, dronlarni birgalikda ishlab chiqarishdir. Bolgariya ushbu qo‘shma ishlab chiqarish uchun SAFE vositasidan foydalanadi. Bu biz uchun havo mudofaasi strategiyamizni mustahkamlash uchun imkoniyatdir", deyiladi nashrda.