Rustem Umerov The New York Times gazetasining Ukraina Rossiya bilan muzokaralarda hududlar masalasini chetga surib qo‘yishga, front chizig‘ini muzlatib qo‘yishga va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga e’tibor qaratishga tayyorligi haqidagi maqolasiga shunday munosabat bildirdi.
"Ukraina so‘nggi o‘n yil ichida Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni ozod qilish uchun kurashmoqda. Mamlakat urushni muzlatishga e’tiborini qaratayotgani, hududlardan ko‘ra xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ygani haqidagi har qanday bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi Umerov Reuters agentligiga bergan izohida.