Donald Tramp agar u qayta saylansa, Ukrainadagi mojaroga barham bera oladi, dedi Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson.
Uning fikricha, mojaroni hal qilishda Rossiya hech bo‘lmaganda 2022 yilda mavjud bo‘lgan chegaralarga «chekinishi» kerak bo‘ladi.
«Kelajakdagi mojaro va noaniqliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukrainaning qolgan qismi Yevropa Ittifoqi va NATO doirasida o‘z taqdirini tanlashga qodir erkin davlat sifatida tan olinishi kerak», — dedi Jonson.