Agar Moskva ham xuddi shunday tashabbus ko‘rsatsa, Ukraina Rossiya bilan uch oygacha vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Rossiya kamida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish orqali tinch yo‘l bilan kelishuvga chinakam manfaatdor ekanini ko‘rsatishi mumkin. Biz uzoqroq muddatlarga ham ochiqmiz – agar Rossiya tomoni bunga tayyor bo‘lsa, 60 yoki 90 kunga bi ham tayyormiz", - dedi diplomat.
Sibigaga ko‘ra, bunday qadam keyingi muzokaralar va frontda keskinlashuv darajasini pasaytirish uchun sinov bosqichiga aylanishi mumkin, biroq har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilish sharti bilan.