Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Tataristondagi dron zavodiga zarba berdi

Ukraina Tataristondagi dron zavodiga zarba berdi

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Tatariston Respublikasida joylashgan Yelabuga shahridagi dron ishlab chiqaruvchi zavodga zarba berdi. Bu hujum Ukraina chegarasidan qariyb 1000 km uzoqda amalga oshirilgan. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, ushbu zavodda Eronda ishlab chiqilgan «Shahid» dronlari yig‘iladi, sinab ko‘riladi va Ukraina hududiga, ayniqsa, energetika va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi qo‘llaniladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Yelabugadagi portlash aks etgan bo‘lib, Rossiya hududiy rahbariyati ham bu hujumni tasdiqladi. Bu bilan Ukrainaning urush frontidan ancha uzoqdagi hududlarga zarba berish qobiliyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi Poltava oblastda joylashgan Kremenchug neft qayta ishlash zavodiga raketa va dronlar orqali hujum uyushtirilganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Zelenskiy bu hujumni «iflos zarba» deb atab, bu AQSh tomonidan Rossiya energetika ob’ektlariga zarba bermaslik so‘ralganidan so‘ng sodir bo‘lganini ta’kidladi.

Harbiy harakatlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom etmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk oblastdagi Malinovka qishlog‘ini egallaganini ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya Sumi oblast, Kupyansk, Siversk, Chasiv Yar va Toresk atrofida ham ilgarilayotganini bildirgan. Ukraina esa Sumining shimoli-sharqidagi Andriivka qishlog‘ini ozod qilganini aytdi.

Ukraina Asirlarni qaytarish masalalari bo‘yicha idorasi ma’lum qilishicha, Rossiya tomoni 1200 nafar ukrainalik harbiy jasadini qaytargan. Bu almashinuv jarayoni doimiy ravishda davom etmoqda.

«Financial Times» nashriga ko‘ra, so‘nggi Rossiyaning yirik havo hujumi paytida Kiyevdagi Boeing’ga tegishli binolardan biri jiddiy shikastlangan. Shirkat vakillari qurbonlar yo‘qligini va faoliyatda uzilish bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 18:05 16.06.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!