Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Turkiyaga jo‘nab ketdi

 Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Turkiyaga jo‘nab ketdi

21-oktabr, dushanba kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Turkiyaga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi va u yerda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashadi.

Diplomatik manbalarga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Fidan Ukraina bilan ko‘p tomonlama munosabatlar rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirib, uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.

Mojaroning kuchayishi xavfi ortib borayotganiga va Turkiyaning xalqaro huquq asosida adolatli va doimiy yechim topish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif doirasida diplomatlar almashinuvi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi va 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Maslahatlashuv rejasini imzolash rejalashtirilgan.

Davom etayotgan ziddiyatlarga qaramay, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda va 2023 yil yakuniga ko‘ra 7,3 milliard dollarni tashkil qildi. Erkin savdo shartnomasi yaqin vaqt ichida kuchga kirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:43 20.10.2024. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!