Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina sulh tuzishga tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda — The Wall Street Journal

Ukraina sulh tuzishga tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda — The Wall Street Journal

Jurnalistlar Zelenskiyning maslahatchisi Andrey Yermak va Trampning katta maslahatchilari o‘rtasidagi muzokaralarning ba’zi tafsilotlarini ma’lum qilishdi. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, unda saylangan vise-prezident Jey Di Vens ham ishtirok etgan. Bundan oldin Yermak Floridada Oq uy devonining yangi rahbari Syuzi Uayls bilan ham uchrashgan.

Gazeta manbalariga ko‘ra, Yermak Vashingtonga Tramp yordamchilari bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida tashrif buyurmoqda va unda Ukraina Rossiya bilan “sulh tuzishga tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda”.

"Biroq buning sharti bor — tinchlik barqaror bo‘lishi kerak. Beqaror, vaqtinchalik tinchlik esa AQSh va Ukraina manfaatlariga xizmat qilmaydi”, — deydi nashrning Kiyev rejalari bilan tanish suhbatdoshi.

Kiritildi: 14:19 05.12.2024. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!