Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Rossiyaning o‘nlab Su-34 samolyotlarini yo‘q qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi — Forbes

Ukraina Rossiyaning o‘nlab Su-34 samolyotlarini yo‘q qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi — Forbes

Ukraina Rossiyaning o‘nlab Su-34 samolyotlarini yo‘q qilish imkoniyatiga ega edi, biroq AQShning Rossiya hududida Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha pozisiyasi tufayli undan mahrum bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar qarorini o‘zgartirgan taqdirda ham yordam berishi dargumon. Bu haqda Forbes yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Ukraina rasmiylari bir necha oy davomida xorijiy ittifoqchilaridan Ukraina chegarasiga nisbatan yaqin joylashgan Rossiya aerodromlariga eng yaxshi raketalarini uchirishga ruxsat berishlarini so‘ramoqda. Bu ochiq havoda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qilishga imkon beradi. Ammo ittifoqchilar keskinlik xavfini aytib, rad etishdi.

Rossiya Harbiy-havo kuchlarining 47-gvardiya bombardimonchi aviasiya polki Rossiya janubidagi Voronej-Malshevo aviabazasiga o‘nlab Su-34 samolyotlarini yetkazib berdi. Ushbu baza yaxshi himoyalangan, shuning uchun ukrainaliklar unga Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari bilan hujum qilish uchun ruxsat so‘radi. Ularni ushlab qolish deyarli mumkin emas. Biroq, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati qat’iy «yo‘q» dedi.

Nashrning ta’kidlashicha, bugungi kunda ko‘plab Su-34 samolyotlari Ukraina bilan chegaradan yuz mil uzoqlikdagi bazalarda joylashgan. Va ular Ukraina dronlar va Ukraina harbiylariga taqdim etilgan ATACMS uchun daxlsizdir.

Kiritildi: 19:30 06.08.2024. O'qildi: 10817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!