Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukraina Rossiyadan neft tranziti uchun tariflarni ikki baravar oshirmoqchi

Ukraina Rossiyadan neft tranziti uchun tariflarni ikki baravar oshirmoqchi

Ukrainaning "Ukrnafta" milliy operatori 1 apreldan tarifni bir tonna uchun 27,2 yevroga oshirish rejalari haqida "Kommersant" gazetasi Argus agentligi va o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. Gazetaning yozishicha, Ukraina kompaniyasi bu qadamni urush paytida vayron bo‘lgan neft transporti infratuzilmasini tiklash xarajatlari bilan izohlamoqda.

Nashrning xabariga ko‘ra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, muzokaralar davom etmoqda. Kiyev bu masalani neft oluvchilar – Vengriya va Slovakiya bilan muvofiqlashtirishi kerak.

Rossiyaning "Transneft" kompaniyasi jurnalistlarga kompaniya Ukrainaning tariflarni o‘zgartirish niyatidan xabardor ekanligini, biroq ular qanday oshirish haqida gapirayotganini va tarifni qaysi paytdan boshlab oshirish rejalashtirilayotganini bilmasligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 01:19 26.03.2023. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!