Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina RF Paralimpiya qo‘mitasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina RF Paralimpiya qo‘mitasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federasiyasining uch nafar fuqarosi va ikki yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Report xabariga ko‘ra, tegishli prezident farmoni — №60/2026 — Ukraina prezidenti rasmiy saytida e’lon qilindi. Sanksiyalar, xususan, Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi hamda Rossiya kompyuter sporti federasiyasiga taalluqli.

Bayonotda aytilishicha, sanksiyaga tushgan shaxs va tashkilotlar sport maydonlaridan Ukrainaga qarshi axborot targ‘iboti va Rossiya propagandasini yoyish uchun foydalangan hamda RFning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlashga uringan.

Kiritildi: 21:09 17.01.2026. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!