Bu haqda “RBK-Ukraina” va “Evropeyskaya pravda” nashrlari manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Kiyev boshqa xalqaro tashkilotlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdan ham voz kechmoqchi emas. Ukraina vakillari, shuningdek, Rossiya tomonidan talab qilinganidek, armiya sonini cheklashni ham “qizil chiziq” sifatida belgilagan.
“RBK-Ukraina” suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina vakillari Jiddadagi muzokaralarga uchta shart bilan kelgan: havoda sulh, dengizda sulh va ukrainalik harbiy asirlar hamda bolalarni ozod qilish. Vashington esa to‘laqonli sulh, harbiy yordamni qayta tiklash va razvedka ma’lumotlari almashuvini taklif qilgan.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, muzokaralarda Ukraina tomonidan hududiy yon berishlar muhokama qilinmagan. Shu bilan birga, Kiyevdan Kursk viloyati hududidan o‘z qo‘shinlarni olib chiqish ham talab qilinmagan.